Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple turli o‘lchamdagi uch xil iPhone 8 ishlab chiqaradi
Apple yana o‘z marketing strategiyasini o‘zgartirish niyatida. 2017 yilda kompaniya o‘z smartfonning ikkita modelini emas, balki uchta — turli o‘lchamlarda chiqarishni reja qilgan. Bu haqda kompaniya yetkazib berish xizmati xodimlarining ma'lumotiga tayanib, Nikkei xabar qilmoqda.
Manbaga ko‘ra, iPhone 8 uchta shakliy omilga ega bo‘ladi: ikkitasi 4,7 dyuym va 5,5 dyuym ekranli klassik model, uchinchisining esa diagonali 5 dyuym bo‘ladi. Barcha modellar alyuminiy ramka bilan o‘ralgan shishali orqa qopqoqqa ega bo‘ladi — bu borada u iPhone 4’ni yodga solishi mumkin.
Nashr avval xabar berganidek, iPhone 8’ning 5,5 dyuymli versiyasida egiluvchan OLED displeyi o‘rnatiladi. Bundan tashqari, Yuanta Investment Consulting tahlilchisi oktabrda yangi avlod iPhone'ning asosiy yangiligi simsiz zaryadka bo‘lishini qayd etgan edi.
OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Apple an'anaviy oraliq ishlab chiqarishni to‘xtatib, iPhone 7s o‘rniga birdaniga iPhone 8 taqdim qiladi. Avvallari bloger Jon Gruber yangi iPhone korpuslari butunlay shishadan tayyorlanishini, shuningdek, ekran ramkasi olib tashlanishini ma'lum qilgan edi.
Mavzuga oid
16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi
17:55 / 23.04.2025