BMT yadro qurolini taqiqlash bo‘yicha muzokaralarni boshlashni rejalashtirayapti

Foto: Reuters
BMT maxsus qo‘mitasi yadro qurolini taqiqlash bo‘yicha muzokaralarni boshlashga undovchi rezolyutsiyani qabul qildi, deb xabar qilmoqda tashkilot matbuot xizmati. Hujjat Reaching Critical Will tashkiloti saytida e'lon qilingan.
Kelasi haftada ushbu tashabbus bo‘yicha ovoz berish o‘tkazilishi mumkin. Maxsus qo‘mita BMT Bosh Assambleyasiga yuborishni rejalashtirayotgan hujjat majburiy emas, balki tavsiya mazmuniga ega. Uni Avstriya, Meksika, Irlandiya, Nigeriya, JAR va Braziliya hamkorlikda ishlab chiqqan.
Rezolyutsiya loyihasini qo‘mitaning 123 a'zosi qo‘llab-quvvatlagan, 38 nafari norozilik bildirgan, 16 nafari, jumladan Xitoy, Hindiston va Pokiston betaraf qolgan. NATOga a'zo davlatlarning 28tasidan 27tasi ham qarshi ovoz bergan.
BMT XKda veto huquqiga ega bo‘lgan besh davlatdan to‘rttasi — AQSh, Rossiya, Fransiya va Buyuk Britaniya ham qarshi ovoz berganlar safida ekani aytilmoqda.
Birinchi maslahatlashuvlar kelasi yilning mart va iyun oylarida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid

12:00 / 16.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi

17:19 / 13.03.2025
Polsha prezidenti yana bir bor AQShni yadroviy qurollarini o‘z mamlakati hududiga joylashtirishga chaqirdi

17:17 / 07.03.2025
O‘zbekiston va yana besh davlat natsistlarni ulug‘lashga urinishlarni qoraladi

19:00 / 04.03.2025