Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI hukumatlari WhatsApp'dan foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlarni Facebook'ga uzatmaslikni talab qilishdi
Yevroittifoqning internetdagi ma'lumotlar maxfiyligi saqlanishini kuzatuvchi rasmiy nazorat organlari Facebook va WhatsApp'dan foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlar almashinuvini vaqtinchalik to‘xtatishni talab qilishdi. Bu haqida Bloomberg nashri xabar berdi.
Yevropa nazoratchisi WhatsApp'dan foydalanish qoidalarining o‘zgarishi hamda messenjerga foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlarni Facebook'ga uzatish imkoni berilishi munosabati bilan "jiddiy shubha"ga borayotganini qayd etdi. YeI hukumat vakillari fikricha, foydalanuvchilar servisni qo‘llay boshlaganlarida bunday shartlarga rozi bo‘lishmagan.
WhatsApp'ning yangi shartlari 2016 yilning noyabrida nazorat organi majlisida muhokama qilinadi. Bu borada yakuniy hukm chiqarilgunga qadar Yevropa Ittifoqi a'zolari kompaniyadan ma'lumot almashishni to‘xtatib turishni talab qilishdi. Messenjer vakillari kompaniya barcha zarur me'yorlarga amal qilayotgani va YeI nazoratchilari bilan konstruktiv muzokaralar olib borayotganini ta'kidlashdi.
Mavzuga oid
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
15:45 / 27.05.2025
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni AQSh bilan birgalikda qo‘llamoqchi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
16:42 / 24.05.2025