Jamiyat | 07:41 / 28.10.2016
44286
1 daqiqa o‘qiladi

Iso Masih qabrini ochish videosi namoyish qilindi

Quddusda Iso Masih dafn etilgani taxmin qilinadigan qabr ochildi. YouTube saytida e'lon qilingan videolavhada arxeologlar Quddusdagi Iso payg‘ambar dafn etilgani taxmin qilinuvchi joyga o‘rnatilgan marmar plitani olayotganlari aks etgan. 

Bu qabrtosh 1555 yili o‘rnatilgan. Olimlar plita ostida ko‘p miqdorda toshlarga duch kelishgan. Endilikda, ular Iso alayhissalom jasadi qo‘yilgan toshning asli qanday ko‘rinishga ega bo‘lganini aniqlashlari lozim. 

Injil kitobida Iso alayhissalomning jasadlari, u kishi  o‘ldirilganlaridan keyin tog‘da o‘yilgan g‘orlardan biriga joylangani aytiladi. 

Islom dini e'tiqodiga ko‘ra, Iso payg‘ambarni dushmanlari o‘ldira olmagan. 


Mavzuga oid