Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: xitoylik razvedkachilar Pentagonning maxfiy rejalarini o‘g‘irlashgan
Xitoy razvedkasi Pentagonning Xitoy bilan ehtimoliy harbiy ixtilofga taalluqli maxfiy rejalarini o‘g‘irlagan. Bu haqda AQSh kongressi komissiyasi ma'ruzasiga iqtibos keltirgan holda Washington Free Beacon nashri xabar bermoqda.
Ma'ruzada Xitoy razvedkasi xodimlari bir necha bor AQSh xavfsizlik tuzilmalari, jumladan Federal qidiruvlar byurosiga ishga kirganlari ta'kidlab o‘tilgan. AQSh mudofaa vazirligi vakillarining aytishicha, USPACOM’ning shartnoma asosida ishlovchi xodimi Benjamin Pirs Bishop tomonidan maxfiy hujjatlarning o‘g‘irlanishi va ularni Xitoy ayol fuqarosiga berilishi eng jiddiy holat bo‘lgan.
Berilgan axborot Pentagonning rejalari, jumladan yadroviy qurolni joylashtirish, Xitoyga nisbatan strategiya bo‘yicha ma'ruzalarni o‘z ichiga olgan. Ta'kidlanishicha, Xitoy tomondan amerikalik xodimlarni yollash va ular tomondan maxfiy hujjatlarning berilishi bir necha marta yuz bergan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025