Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya armiyasi Suriya shimolida so‘nggi kunlarda erishgan natijasini ma'lum qildi
Turkiya armiyasi, o‘tgan kunlarda, Suriya shimolida o‘tkazayotgan "Frot qalqoni" harbiy amaliyoti doirasida IShID terrorchilik tashkilotining 127ta harbiy inshootiga artilleriya zarbalari bergan. Suriya kurdlarining o‘zini-o‘zi mudofaa qilish kuchlariga tegishli 8ta inshooti ham nishonga olingan. Bu haqda Turkiya Bosh shtabi ma'lum qilgan.
"Olib borilgan janglarda 8 nafar jangari o‘ldirilgan, muxolifatning 34 nafar jangchisi jarohatlangan", — deyiladi Bosh shtab xabarida.
Turkiya HHKlarining Suriya shimolida ikkita havo amaliyoti o‘tkazishi natijasida IShIDning ikki a'zosi, transport vositalari va og‘ir jangovar aslahalari yo‘q qilingan, deb aniqlik kiritilgan xabarda.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
16:19 / 24.05.2025