Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya NATOdan Egey dengizida muhojirlarga qarshi operatsiyani to‘xtatishni so‘radi
Turkiya NATOga alyansning Egey dengizida noqonuniy migratsiya oqimining oldini olish bo‘yicha harbiy-dengiz operatsiyasini to‘xtatish talabi bilan murojaat qildi, chunki Anqaraning fikricha, undan ko‘zlangan maqsadlarga erishildi va uni davom ettirish maqsadga muvofiq emas, deb aytdi Turkiya mudofaa vazirligi Fikri Ishik. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Bu vaqtinchalik missiya edi, bu missiyaning maqsadiga erishildi. Uni davom ettirishga hojat yo‘q", deb aytdi Ishik Bryusselga tashrifi vaqtida.
Reuters manbalari ma'lumotlariga ko‘ra, Turkiyaning talabiga muvofiq, Egey dengizining NATO kemalari tomonidan nazorat qilinishi keyingi yil boshida to‘xtatilishi kerak. Germaniya mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyen bu missiya kamida 2016 yil 31 dekabrigacha davom etishini aytdi. Vazir bu sanadan keyin nima bo‘lishi haqidagi savolga "O‘shanda ko‘ramiz", deb javob bergan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025