Jahon | 15:54 / 29.10.2016
7684
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada hukumati iqtisodiyotga salkam 23 mlrd dollar jalb qilish yo‘lini topdi

Foto: Reuters

Kanada hukumatining mamlakatda marixuanaga ruxsat berishi, Kanada iqtisodiyotiga qo‘shimcha 22,6 mlrd dollar jalb qilishga yordam berishi mumkin.

Mamlakat bosh vaziri Jastin Tryudoning xabar qilishicha, hukumat 2017 yilda marixuanadan tibbiy maqsadlarda foydalanishga ruxsat berish jarayonini boshlashni rejalashtirayapti. Bu haqda, The Toronto Star nashri yozmoqda. Bu esa, 22,6 mlrd dollarlik sanoatni barpo etishga olib kelishi mumkin.

Ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, Shimoliy Amerika aholisining 60 foizi marixuanaga qonuniy ruxsat berish tarafdori. 

Ushbu giyohvand moddani dunyoda birinchi bo‘lib Urugvay davlati qonunlashtirgan. Hozirda, AQSh, Niderlandiya, Shimoliy Koreya, Chexiya, Ispaniya va Portugaliya, Belgiya, Argentina, Avstraliya, Bangladeshda marixuanaga ruxsat beriladi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid