Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada Islom Karimov xotirasiga haykal o‘rnatiladi
Moskvada O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga haykal o‘rnatish masalasi 8 dekabrda Moskva shahar dumasi huzuridagi monumental san'at bo‘yicha komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi va uning ijobiy hal qilinishiga shubha yo‘q. Bu haqda TASS axborot agentligiga Rossiyada xizmat ko‘rsatgan arxitektor Igor Voskresenskiy ma'lum qilgan.
"Moskva hukumatiga Islom Karimovga haykal o‘rnatish taklifi bilan O‘zbekiston elchixonasi murojaat qildi, elchixona esa o‘z navbatida O‘zbekiston hukumati iltimosini bajargan. Endi Moskva hukumati bu masala bilan bizga chiqmoqda. Aminmanki, bu masala ijobiy hal qilinadi, chunki u davlatlararo darajada muhokama qilingan", deb aytdi Voskresenskiy.
"Haykal elchixona oldida, Karimov nomidagi xiyobonda o‘rnatiladi", deb qo‘shimcha qildi Voskresenskiy.
Uning aytishicha, marhum davlat yetakchilariga haykal qo‘yish Moskvada o‘ziga xos an'anaga aylangan. Shaharda Xo Shi Min (Vetnam), Georgiy Dimitrov (Bolgariya), Indira Gandi (Hindiston) sharafiga haykallar o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025