Jamiyat | 19:53 / 29.10.2016
11874
1 daqiqa o‘qiladi

Mudhish video: Italiyada estakada qulab tushdi

Foto: ilfattoquotidiano.it

Italiyaning Milan shahri yaqinidagi Bryants shahrida yo‘l estakadasining bir qismi qulab tushdi, deb xabar bermoqda RAI News24 telekanali. Oqibatda kamida 10 kishi jarohat olgan. 

Guvohlarning ta'kidlashicha, estakadan uning tagidan o‘tuvchi yo‘lda harakatlanayotgan yengil mashina ustiga yuk mashinasi tushib ketgan va uni pachoqlab tashlagan.

Ko‘prikning qulashi sabablari noma'lum. Ta'kidlanishicha, hozir yo‘lda harakatlanish to‘xtatilgan, u yerda o‘t o‘chiruvchilar va shifokorlar ish olib bormoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid