Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Hindiston bir parvozning o‘zida rekord miqdorda sun'iy yo‘ldoshni fazoga eltadi
Hindiston Fazo tadqiqotlari tashkiloti (ISRO) Yer orbitasiga tijoriy raketa parvozini amalga oshirishiga oid rejalarini e'lon qildi. Unga ko‘ra, bitta raketa yordamida 83ta sun'iy yo‘ldosh orbitaga chiqariladi, deb yozmoqda India Today nashri.
Tashkilotning rejalari amalga oshgudek bo‘lsa, bu bitta raketa uchirilishi yordamida fazoga olib chiqilgan sun'iy yo‘ldoshlar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkich bo‘ladi.
Antrix Corporation (ISRO tashkilotining tijoriy kompaniyasi) rahbari Rakesh Sasibxushanning aytishicha, 2017 yilda ushbu parvozni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Rejaga muvofiq, PSLV (Polar Satellite Launch Vehicle) raketa tashuvchisi bortiga 81ta xorijiy va ikkita mahalliy sun'iy yo‘ldosh joylanadi. Ularning aksariyati, xorijiy mamlakatlarga tegishli 1 kgdan 10 kggacha bo‘lgan nanoyo‘ldoshlardir.
Sun'iy yo‘ldoshlarning barchasi bitta orbitaga chiqariladi. Bunda, vazifaning murakkab jihati yo‘ldoshlar orbitaga chiqarilayotganda raketani bir maromda ushlab turishdan iborat bo‘ladi.
Ushbu buyurtmalar aynan qaysi kompaniyalarga tegishli ekaniga oydinlik kiritilmagan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025