Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pan Gi Mun Venesuela hukumati va muxolifatni muloqotga chorladi
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Venesueladagi vaziyatdan tashvish bildirib, muxolifat hukumat vakillarini o‘zaro muloqot o‘tkazishga chaqirdi, deb xabar qilmoqda TASS.
«Bosh kotib hukumat va muxolifatning birgalikda harakat qilishi va mamlakatning joriy muammolariga e'tibor qaratishi lozimligiga ishonchi komil. Ular, xususan, Venesuela xalqining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari yo‘lida birga choralar ko‘rishi kerak», — deyiladi bayonotda.
Pan Gi Mun shuningdek, qonun va konstitutsiya, inson huquqlari, jumladan fikrlar izhor qilish hamda tinch yig‘ilishlar o‘tkazish huquqi ustunligini birdek tan olish zarurligini yodga olgan.
Bundan avval, Venesuelada tashkil etilgan hukumatga qarshi namoyishlarda tartibsizliklar ro‘y bergani va otishma sodir bo‘lgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
15:30 / 01.06.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025