Jamiyat | 17:02 / 31.10.2016
16155
4 daqiqa o‘qiladi

"Oskarlar hukmdori" ser Piter Jyekson 55 yoshda 

Foto: Getty Images/Hagen Hopkins

Zamonamizning eng iste'dodli rejissyorlaridan biri bugun, 31 oktabrda o‘z yubileyini nishonlamoqda. TASS nashri Piter Jyeksonning kino olamidagi faoliyatiga nazar tashladi. 

Piter Jyeksonga "ser" deya murojaat qilinishi uning Britaniya imperiyasi ordeni kaveleri ekanligidan dalolat bermaydi. U o‘z vatani ordenlari bilan taqdirlangan: Yangi Zelandiya ordeni — ushbu mamlakatning eng oliy ordeni va Buyuk xizmatlari uchun ordeni — bu mukofot unga "ser" deya murojaat qilinishga sabab bo‘lgan. 

Foto: Getty Images

Piter Jyekson bugungi kundagi eng mashhur Yangi zelandiyalik bo‘lsa kerak, zero bu orol-davlat bilan aynan uning nomi bog‘lanadi. Jyekson "Uzuklar hukmdori" va "Xobbit" filmlari voqealarini Yangi Zelandiyada suratga olib, yer chekkasidagi bu orol-mamlakatni ko‘pchilikka tanitdi. 

Jyekson Yangi Zelandiya poytaxti Vellington yaqinidagi Pukerua-Bey shahrida tug‘ilgan. O‘sha yerning o‘zida u ilk filmi  — Bad Taste ("Yomon did")ni 3 ming dollarga suratga olgan. Jyeksonning o‘zi ham ushbu filmda ikkita rolda namoyon bo‘lgan. Film iliq qarshi olingan va uni 12 mamlakat prokatiga sotishga muvaffaq bo‘lingan. 

Foto: Getty Images

Jyekson o‘zining deyarli barcha filmlarida rol o‘ynagan, "Uzuklar hukmdori" va "Xobbit"ning besh qismi shular jumlasidandir, u odatda kichik so‘zsiz rollarni ijro etadi. 

U Birinchi jahon urushi vaqtidan qolgan samolyotlarning to‘liq ishchi nusxalarini yig‘ish va qayta tiklashga qiziqadi.

Foto: Getty Images

Jyekson ilk filmi ustida ishlash chog‘ida Fren Uolshni uchratib qoladi va unga uylanadi. Juftlik ikki  farzandli bo‘ladi. Fren erining barcha filmlarida u bilan yelkama-yelka turib mehnat qiladi: eng avvalo ssenariynavis va prodyuser yoki saundtrek muallifi  sifatida. Darvoqe, Fren ham turmush o‘rtog‘i kabi uch karra "Oskar" sohibasi. 

Piter Jyeksonning "Qirolning qaytishi" filmi 11ta "Oskar" mukofotiga munosib ko‘rilgan. Film nomzodi qo‘yilgan barcha nominatsiyalarda g‘olib bo‘lgan. "Uzuklar hukmdori"ning ikki qismi yana 6ta "Oskar"lik bo‘lgan. 

Foto: Getty Images

2005 yilda uning "King-Kong" filmi katta ekranlarga chiqib, uchta texnik "Oskar"ni qo‘lga kiritdi va Jyeksonning dunyo miqyosidagi blokbasterlar yaratuvchi bosh rejissyor maqomini yana bir bor tasdiqladi. 

Piter Jyekson Premiere jurnali tomonidan kino sanoatining eng nufuzli shaxslari reytingida yetakchilik qiladi. 

Bugungi kunda IMDB.com sayti xabariga ko‘ra, rejissyor ikki multfilmni suratga olmoqda: "Tintinning sarguzashtlari" va hozircha nom berilmagan yana bir  multfilm. Bu lentalarning qachon ekranlarga chiqishi noma'lum. 

Foto: Getty Images

Mavzuga oid