O‘zbekiston | 16:43 / 31.10.2016
10711
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik olim Ozarboyjon Fanlar akademiyasi faxriy doktori bo‘ldi

25 oktabr kuni Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida o‘zbekistonlik tarixchi olim Shuhrat Barlosning “Turkestan i Yujnyy Kavkaz v XIX-XX vekax. Dashnaki ot Fergany do Karabaxa” hamda “Karabax: voyna idey” nomli kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot Ozarboyjonning Prezident kutubxonasida bo‘lib o‘tdi. Unda Ozarboyjon Milliy Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori Yoqub Mahmudov ishtirok etdi. O‘z chiqishida u Shuhrat Barlos mustaqillik yillarida o‘zbek va ozarbayjon xalqlarining umumiy ildizlari haqida kitob yozgan ilk tarixchi ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Shuhrat Barlosga Ozarboyjon FA Tarix instituti faxriy doktori unvoni berildi.

Bundan tashqari, Gruziya poytaxti Tbilisidagi Suxishvili nomidagi Texnika universitetida “Karabax: voyna idey” kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid