Jahon | 22:16 / 01.11.2016
7912
3 daqiqa o‘qiladi

AQSh davlat departamenti xodimi Turkiyaning Gulenga qarshi qo‘yayotgan ayblovlarida asos bor deb hisoblamoqda

Foto: © AP

Davlat departamentining yuqori lavozimli amaldori dushanba kuni Turkiyaning Fathulloh Gulen va uning Pensilvaniyadagi izdoshlariga qo‘yayotgan ayblovi asosli ekanini ma'lum qildi.  

Gulen va uning terrorchi guruhi 15 iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan, 270 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan harbiy to‘ntaruv harakatini tashkillashtirish uchun mas'uldir. Bosh vazir Binali Yildirimning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Gulenni topshirishni so‘rab, AQSh hukumatiga rasman murojaat qilgan. 

1979 yilda Turkiya va AQSh o‘rtasida jinoiy ishlar bo‘yicha  o‘zaro ekstraditsiya bitimi imzolangan. Turkiya ko‘plab jinoyatchilarni AQShga ekstraditsiya qilgan bir paytda Vashington hujjatda bayon etilgan shartlar yo‘q bo‘lsa, Gulenni topshirishdan bosh tortishi mumkin. 

Amaldor shaxs jurnalistlarga turk hukumatining Gulenga qarshi ayblovlari jiddiy ekanligini aytdi. U bu mavzuda jurnalistlar uchun brifing o‘tkazdi, biroq bu masalani omma oldida muhokama qilishga vakolati yo‘qligi tufayli anonimlikni saqlab qolishni so‘ragan. 

Gulen 15 yildan ortiq vaqt davomida AQShning Pensilvaniya shtatida istiqomat qiladi. 

Davlat departamenti vakili Gulen tasarrufidagi xayriya va o‘quv tashkilotlari shubhali tuzilmalarga ega ekanligini va muayyan reja asosida ish olib boruvchi uyushgan jinoiy guruh kabi harakat qilganini aytgan.

Brifing Turkiya adliya vazirining bosh prokuror Loretta Linch bilan ekstraditsiya borasidagi uchrashuvidan bir necha kun keyin bo‘lib o‘tgan. Adliya vaziri Bekir Bo‘zdag‘ Gulenni Usoma bin Lodinga qiyoslagan hamda Vashington Gulenni Turkiyaga topshirmasa, ikki tomonlama aloqalarga jiddiy ziyon yetkazishi mumkinligidan ogohlantirdi. AQSh NATO a'zosi bo‘lgan Turkiyani terrorchilik bilan kurashish mintaqasidagi muhim ittifoqdoshi, deb hisoblaydi. 

AQSh davlat departamenti xodimi hukumat ayni vaqtda Turkiyaning Gulenga qarshi dalillarini ko‘rib chiqayotganligini ma'lum qildi, lekin bu dalillar Gulenning harbiy to‘ntaruv harakatiga qadar sodir etilgan taxminiy jinoyatlarga tegishli ekanligini qo‘shib qo‘ydi. 

 

Mavzuga oid