Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Guam orollariga strategik suvosti raketa tashuvchisini safarbar qildi
AQSh harbiy-dengiz kuchlari Tinch okeanining Guam orolidagi Apra-Harbor bazasiga raketali suvosti strategik kreyseri "Pensilvaniya"ni yubordi. Bu haqda, Amerika HDK matbuot xizmati ma'lum qildi.
Matbuot xizmati xodimi Tim Gormanning so‘zlariga ko‘ra, bortida ballistik raketalar bo‘lgan Amerika atom suvosti kemasi so‘nggi 28 yilda ilk bora Apra-Harborga boradi. Bundan avval, 1988 yilda Amerika atom suvosti strategik raketa tashuvchisi Guamga tashlangan edi. O‘z navbatida, AQSh QK Strategik qo‘mondonligi rasmiy vakili Beka Klark TASS muxbiri bilan suhbatda, "Pensilvaniya"ning Guamda bo‘lish muddati sir ekanini bildirgan.
Hozircha, ikkala qo‘mondonlik vakillari ham, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida bunday kuch namoyishi kimga qarshi qaratilgani borasida ham biron fikr bildirishmagan. AQSh HDK matbuot xizmatiga ko‘ra, "AQSh shu bilan mintaqadagi ittifoqchilarini turli vositalar bilan himoya qilishga sodiqligini namoyish etmoqda".
Beka Klarkning aytishicha, AQSh "tahdidlarning keng qamroviga qarshi strategik yadroviy qurollar triadasi va nostrategik yadro qurollari vositasidan foydalanadi". Klark, "Pensilvaniya" kabi ballistik raketalar bilan jihozlangan suvosti kemalari dunyo okeanida doimiy ravishda navbatchilik qilishini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025