Fan-texnika | 23:48 / 01.11.2016
6771
2 daqiqa o‘qiladi

"Yandeks" va Mail.Ru messenjerlarni nazorat qilishga qarshi chiqdilar

"Yandeks" va Mail.Ru vakillari Rossiya aloqa vaziri Nikolay Nikiforov nomiga messenjerlar va onlayn-kinoteatrlarni nazorat qilishga qarshi fikr bildirilgan maktub yo‘llashdi, deb xabar bermoqda RNS.

"Fikrimizcha, taklif qilingan tartibga solish ortiqchadir, qonun loyihasi uning mualliflari aytgan vazifalarni hal qilmaydi, u Rossiya messenjerlari va audiovizual servislari rivojlanishini cheklaydi, xolos", deb aytdilar maktub mualliflari.

Ularning aytishicha, qonun loyihasiga ta'riflar istalgan internet-servisni xabarlar bilan almashish funksiyasi mavjudligida messenjerlarga, istalgan videokontent bo‘lganda esa audiovizual servislarga kiritishga imkon beradi.

Foydalanuvchilarni mobil telefon bo‘yicha identifikatsiya qilish taklifi ham maktub mualliflarini xavotirlantirmoqda, chunki hamma foydalanuvchilar ham uyali aloqa operatorlari bilan shartnoma tuzmagan.

Bundan tashqari, ular qonuniy kontentga kirishning kamayishi, Rossiya bozoridan xorijiy investorlarning ketishi va servislarning bozorning tanazzulga uchrashi bilan parallel ravishda yomonlashishini prognoz qilishmoqda.

 

Mavzuga oid