Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Roskomos va NASA Veneraga birgalikda parvoz rejalashtirmoqda
Foto: krpress.ru
Sirli Venera yaqin kelajakda yerliklarga o‘z sirlarini ochadi. Roskosmosning Quyosh tizimining ikkinchi sayyorasiga sayohati faol tayyorgarchilik bosqichida turibdi.
Endi bu loyihaga AQShning NASA koinot agentligi qiziqish bildirmoqda va bu bo‘yicha ilk muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tdi.
Rossiya va AQSh koinot agentliklari mutaxassislaridan tuzilgan guruh sayyoraga tushiriluvchi qurilma parvozining bir necha ssenariysini taklif qildi. Qurilma sayyora sirtida bir necha kun ishlab, noyob tajribalar o‘tkazishi kerak. Bu tajribalar nima uchun Venerada suv yo‘qolib ketgani va unda hayot bo‘lgan-bo‘lmagani haqidagi savollarga javob berishda yordam beradi.
"Venera-D" deb nomlangan bu missiyaga 2026 yilda, sayyoralar yo‘nalishlaridan kelib chiqib start berilishi mumkin. Biroq olimlar hozircha aniq sanani aytishmayapti.
Mavzuga oid
16:48 / 05.05.2025
1972 yili Veneraga uchirilgan zond yaqin kunlarda Yerga qulaydi
22:15 / 01.10.2024
Hindiston Venera sayyorasini tadqiq etish bo‘yicha birinchi missiyasini uchiradi
17:05 / 03.06.2021
NASA Venerani o‘rganish uchun 2ta missiya yuboradi
13:38 / 17.01.2017