O‘zbekiston | 15:51 / 01.11.2016
15811
2 daqiqa o‘qiladi

Sabzavot, poliz va dukkakli o‘simliklar urug‘lari bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi

Illyustrativ surat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 24 oktabrida qabul qilgan yangi farmoyishiga ko‘ra, fermer xo‘jaliklari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan keltiriladigan yuqori hosilli va tezpishar navli sabzavot, poliz va dukkakli ekinlar urug‘lari 2019 yilning 1 iyuligacha bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bunday mustasno) ozod etiladi. Bu haqida "O‘zagroeksport" AJ Kun.uz`ga xabar berdi. 

Ushbu hujjatning maqsadi respublika fermer va dehqon xo‘jaliklarini yuqori hosilli va tezpishar navli sabzavot, poliz va dukkakli ekinlar urug‘lari bilan to‘liq ta'minlashdan iborat bo‘lib, bunda bosqichma-bosqich olib borilayotgan qishloq xo‘jalik ekinlarini taqsimlashni optimizatsiyalashni hisobga olish ko‘zda tutilgan.

Farmoyishda 2019 yil 1 iyulga qadar respublikamizga bojxona to‘lovlari olinmasdan import qilinadigan sabzavot, poliz va dukkakli ekinlar urug‘lari ro‘yxati ilova qilinadi. (Farmoyishga havola).
 

Mavzuga oid