Turkiya QK Bosh shtabi boshlig‘i Rossiyaga keldi

Foto: AP
Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Xulusi Akar Rossiyada bo‘lib turibdi, deb xabar qilmoqda Turkiya bosh shtabi.
"Bosh shtab rahbari Xulusi Akar RF Bosh shtabi boshlig‘i general Valeriy Gerasimovning rasmiy taklifiga binoan 1 noyabr kuni rasmiy tashrif bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy masalalar, mintaqaviy muammolarni baholash va axborot hamda fikr almashish maqsadida Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdi", — deyiladi xabarda.
Gerasimov sentabr oyida Anqarada bo‘lib, Akar bilan muzokaralar o‘tkazgan edi.
Mavzuga oid

22:16 / 19.04.2025
Toshkent va Moskva migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi

21:06 / 19.04.2025
Rublning mustahkamlanishi Kremlning zarariga ishlashi mumkin. Qanday qilib?

19:21 / 19.04.2025
Vladimir Putin Pasxa munosabati bilan qisqa otashkesim e’lon qildi

13:33 / 19.04.2025