O‘zbekiston | 07:20 / 01.11.2016
6207
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda qish-bahor mavsumiga 660 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari g‘amlab qo‘yiladi

Foto: Yolqin Shamsiddinov / O‘zA

O‘zbekistonda 2016-2017 yillardagi qish-bahor mavsumiga asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan 660 ming tonna g‘amlab qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zA axborot agentligiga "O‘zbekoziqovqatzaxira" uyushmasi raisi Zafar Fayziyev ma'lum qildi.

"Bundan 175 ming tonnani kartoshka, 139 ming tonnani piyoz, 46 ming tonnani boshqa sabzavotlar, 105,8 ming tonnani mevalar tashkil qiladi", deb aytdi Fayziyev.

Fayziyevning aytishicha, oxirgi 6 yil ichida mamlakatda umumiy sig‘imdorligi 68 ming tonna bo‘lgan 50 dan ko‘proq muzlatgich kameralari qurilgan. Ularning bugungi kundagi sig‘imdorligi 98,5 ming tonnani tashkil qiladi. 2021 yilgacha yana qo‘shimcha 325 ming tonnalik muzlatgich kameralari qurish mo‘ljallangan.

Ortiqcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilinmoqda. Fayziyevning aytishicha, yil boshidan Rossiya, Qozog‘iston, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Xitoy va boshqa davlatlarga karam, gilos, pomidor, bodring, sabzi, ko‘katlar, quruq mevalar eksport qilingan.      

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid