Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyalik kartoshkadan fotokamera yasadi va unda suratlar oldi
Avstraliyalik fotosuratchi Kolin Loui kartoshka ichiga pinxol-kamerani joyladi va mashhur ingliz idiomasini yasadi.
Ingliz tilida «potato quality» (so‘zma-so‘z tarjima qilinganda «sifatli kartoshka») degan idioma mavjud. U fotografiyada sifati past suratlarga nisbatan ishlatiladi.
Kolin Loui pinxol-kameralar yasash mutaxassisi bo‘lib, uni aynan va kartoshkadan yasashdan maqsad qildi.
Pinxol-kamera yasash uchun Louiga katta kartoshka, tomat pastasining konserva bankasi, muzlatgich uchun magnit, ikkita 35 millimetrli plyonka, izolenta va bir qancha rezinka kerak bo‘ldi.
Pinxolning hajmi 300 mikronni, fokus oralig‘i — 60 millimetrni, apertura esa f/200ni tashkil etdi. Loui suratga olish uchun shtativdan foydalandi. Bir qancha kadrlar kartoshkada suratga olindi va ular tarmoqda e'lon qilindi.
Mavzuga oid
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
21:25 / 28.04.2025
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi
21:02 / 28.04.2025
Avstraliyadagi radiostansiya yarim yil davomida SI-boshlovchidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi
01:16 / 24.04.2025