Fransiyaning Kale shahrida muhojir bolalar ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz berdi
1 noyabrda kechki payt Fransiyaning shimolidagi Kale shahrida joylashgan muhojirlar uchun vaqtinchalik lagerda bolalar ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Bu haqda Agence France-Presse xabar bermoqda.
Mushtlashuvda 100 dan ko‘proq balog‘atga yetmagan muhojir bolalar ishtirok etgan. Mushtlashuv eritreyalik va afg‘onistonlik o‘smirlar o‘rtasida chiqqan. Mushtlashuv vaqtida jiddiy qurbonlar bo‘lmagan, politsiya vaziyatga tezda aralashib, mushtlashuvni bostirgan.
Bu voqeadan keyin lagerdagi navbatchi politsiyachilar va jandarmlar sonini oshirishga qaror qilingan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kaledagi noqonuniy yaratilgan lager buzib tashlana boshlangandi. Biroq hukumat u yerda balog‘atga yetmagan bolalar uchun bir nechta konteynerlarni qoldirgandi. 2 noyabrda bolalar ixtisoslashtirilgan markazlarga tarqatib yuborilishlari kutilmoqda.
Mavzuga oid
20:58 / 12.11.2024
Fransiyadagi yirik ommaviy axborot vositalari X ijtimoiy tarmog‘ini sudga berdi
17:50 / 06.11.2024
Makron Tramp g‘alabasidan keyin Fransiya va Germaniya maqsadlarini aytdi
21:44 / 05.11.2024
Netflixʼning Parij va Amsterdamdagi ofislarida tintuv o‘tkazildi
18:52 / 05.11.2024