Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigerda chorvadorlar va fermerlar o‘rtasidagi to‘qnashuvda 18 kishi halok bo‘ldi
Niger hukumati chorvadorlar va fermerlar o‘rtasidagi to‘qnashuv oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘lganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Bundan tashqari, to‘qnashuvlarda 20 ga yaqin kishi jabrlangan. Ta'kidlanishicha, voqea Nigeriya bilan chegaradagi Banji qishlog‘ida bir chorvadorning chorvasi fermerlardan birining dalasini payhon qilgandan keyin yuz bergan.
Nizoni bostirish uchun politsiya aralashuvi talab qilingan.
"Ko‘chmanchi chorvadorlar fermer bilan mushtlasha boshlashgan va unga jarohat yetkazishgan. U tibbiyot markaziga yetkazilgan. Hammasi ana shundan boshlangan", deb ma'lum qildi Banji meri Umaru Muhaman.
Bundan tashqari, to‘qnashuvlar oqibatida 15 ga yaqin uy yoqib yuborilgan.
Mavzuga oid
19:57 / 26.03.2025
Niger xuntasi yetakchisi prezident sifatida qasamyod qildi
23:32 / 03.01.2025
Polshada fermerlar norozilik namoyishlarini boshladi
19:14 / 23.11.2024
Polshalik fermerlar Ukraina bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktini to‘sib qo‘ydi
23:36 / 20.11.2024