O‘zbekiston | 17:13 / 02.11.2016
6820
2 daqiqa o‘qiladi

Hotamjon Ketmonov Toshkent viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashdi

Foto: O‘zXDP matbuot xizmati

2 noyabrda O‘rtachirchiq tumanidagi Toshkent viloyat ma'naviyat-ma'rifat markazi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga O‘zbekiston XDPdan ko‘rsatilgan nomzod Hotamjon Ketmonov Toshkent viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zXDP MK matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv bir vaqtning o‘zida Onlayn video-konferensiya shaklida Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlaridagi olti minga yaqin saylovchini qamrab oldi.

Mazkur uchrashuvda dastavval nomzodning ishonchli vakili Hotamjon Ketmonovning tarjimai holi bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi. Shundan so‘ng, so‘z O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – Hotamjon Abdurahmanovich Ketmonovga berildi.

Hotamjon Ketmonov o‘z chiqishida saylov – xalqning xohish-irodasini ro‘yobga chiqarishning oliy ifodasi, davlat hokimiyati organlarini demokratik tarzda tashkil etishning asosi ekanini alohida ta'kidlab, o‘zi ilgari surayotgan saylovoldi dasturining mazmun-mohiyati haqida gapirib o‘tdi.

Uchrashuv davomida nomzod ma'ruzasi bo‘yicha bir qator ishtirokchilar so‘zga chiqdilar. Ular o‘z chiqishlarida nomzod dasturida ilgari surilayotgan - mamlakatning ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti asosida, o‘sib borayotgan iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib, aholining barcha qatlamlari, eng avvalo, kam ta'minlangan qatlami turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda davlatning tartibga soluvchanlik rolini mustahkamlash g‘oyasini qo‘llab-quvvatlab saylovchilarni saylov kuni Hotamjon Ketmonovga ovoz berishga chaqirishdi.

Uchrashuv so‘ngida saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga nomzod va uning ishonchli vakillaridan atroflicha javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Mavzuga oid