Fan-texnika | 16:01 / 02.11.2016
13628
2 daqiqa o‘qiladi

Range Rover dunyodagi eng tezkor yo‘ltanlamas bilan kuch sinashdi

Britaniyaning AutoExpress nashri dunyodagi seriyali ishlab chiqariluvchi eng tez yo‘ltanlamas Bentley Bentayga bilan SVAutobiography deb nomlanuvchi hashamdor Range Rover o‘rtasida poyga tashkil etdi. Kuch sinashish start chizig‘idan boshlandi va bir kilometr masofaga sarflanadigan vaqt hamda marraga chizig‘idagi eng yuqori tezlik bilan o‘lchandi. 

Bentley 608 ot kuchiga ega olti litrlik W12 benzinli dvigateli bilan jihozlangan bo‘lib, sakkiz bosqichli «robot» yordamida harakatlanadi. U 4,1 soniyada «yuz»ga chiqadi. Eng yuqori tezligi soatiga 301 kmni tashkil etadi. 

5 litrlik, 510 ot kuchiga ega motor o‘rnatilgan Range Rover SVAutobiography mexanik kuchaytirgichga ham ega bo‘lib, sakkiz diapazonli ZF avtomatik uzatmalar qutisi yordamida harakatga keladi. U 5,4 soniyada «yuz»ga chiqadi.

AutoExpress nashri o‘lchovlariga ko‘ra, Bentayga 4,3 soniyada 96 kmlik marrani bosib o‘tgan bo‘lsa, Range Rover 5,4 soniyada ushbu tezlikka erishgan. Avtomobillar 160 km/soat tezlikka tegishli ravishda 9,6 va 12,9 soniyada chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Bentley yo‘ltanlamasi bir kilometr masofani 22,7 soniyada ortda qoldirgan bo‘lsa, Range Rover 25,2 soniyada marraga yetgan. Marra chizig‘ida ularning tezligi 238 km/s va 210 km/soatdan iborat bo‘lgan. 

Mavzuga oid