Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya megapolislaridan birida OIV epidemiyasi e'lon qilindi
Rossiyaning Yekateringburg shahrida rasman OIV epidemiyasi e'lon qilindi. Bu haqida shahar ma'muriy boshqarmasi ma'lumotiga asoslanib, RIA "Novosti" xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, shahar tibbiyot xodimlari OIV-infeksiyasi bilan kasallanganlik 26 693 holatni ro‘yxatdan o‘tkazishgan, bu megapolis aholisining 1,8 foizini tashkil qiladi. Shu tariqa, Yekaterinburgning har 50-fuqarosi OIV-infeksiyasi bilan kasallangan bo‘lib chiqmoqda. Bundan tashqari, kasallik taxmin qilinayotgan 774 nafar bola ro‘yxatga olingan bo‘lib, ulardan 342 nafarida ushbu tashxis rasman tasdiqlangan.
Ma'lumotda ta'kidlanishicha, Yekaterinburgda OIV-infeksiyasi 52 foiz giyohvand moddalar, 46 foiz jinsiy aloqa orqali yuqqan.
OIV tashxisi qo‘yilgan kishilar orasida nafaqat yoshlar, balki 30-49 yoshdagi kishilar ham ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025