Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyada dunyoning eng qisqa xalqaro aviareysi yo‘lga qo‘yildi
Avstriyaning People's Viennaline nomli kichik aviakompaniyasi bugun ilk marta dunyoning eng qisqa xalqaro aviareysini amalga oshirdi. U parvozdan keyin atigi 8 daqiqa davom etadi. Bu haqida The Local nashri xabar berdi.
Yangi aviaxabarlashuv Shveytsariyaning Sankt-Gallen-Altenrxayn va Germaniyaning Fridrixsxafen shaharlarini birlashtiradi, parvoz Boden ko‘li uzra amalga oshiriladi. Umuman olganda, reys 20 daqiqa davom etadi, ulardan atigi 8 daqiqasini parvoz tashkil etadi.
Yo‘nalish uzunligi - 20 kilometr. Aviakompaniya bir kunda ikki marta ushbu yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshiradi. Bir tomonli chipta narxi - 40 yevro. Fridrixsxafendagi bekat Keln-Bonn aeroportiga yoki aeroportidan yo‘nalayotgan yo‘lovchilarga mo‘ljallangan.
Bundan avvalgi eng qisqa yo‘nalishli aviareys maqomi Avstriya poytaxti Vena va Slovakiya poytaxti Bratislava o‘rtasidagi 10 daqiqali reysga tegishli edi. Reys uncha qimmat bo‘lmagan FlyNiki aviakompaniyasi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan.
Mavzuga oid
18:34 / 26.05.2025
O‘zbekistonda yana bir yangi aviakompaniya ish boshladi
14:46 / 19.05.2025
Aviachiptalarning sun’iy taqchilligini keltirib chiqargan aviakompaniyalar javobgarlikka tortiladi
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
10:30 / 15.05.2025