"Chegara bilmas muxbirlar" matbuotning dushmanlari ro‘yxatini chop etdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Checheniston rahbari Ramzon Qodirov "Chegara bilmas muxbirlar" xalqaro tashkiloti tomonidan chop etiladigan, erkin matbuot dushmanlari ro‘yxatiga yana kiritildilar.
35 ta banddan iborat ro‘yxatga siyosatchilar, siyosiy va jinoiy guruhlar, terrorchilik tashkilotlari kiritildi.
Putin bu ro‘yxatni prezidentlik lavozimini egallagan 2000 yildan beri, Qodirov esa 2005 yildan beri tark etmayapti.
Putinga berilgan izohda u matbuotga "milliy avtoritarizm" taktikasidan foydalanib bosim o‘tkazishi aytilgan.
"Ayni vaqtda Rossiyada fikrni bildirish uchun erkinlik Sobiq Ittifoqning qulashidan keyingi butun vaqt ichidagidan kamroq darajada ", deb ta'kidlamoqdalar ro‘yxat mualliflari.
Mualliflarning fikricha, Putinga matbuotga bosim o‘tkazishida "matbuotga qarshi qonun loyihalarini qabul qilishga tayyor" Davlat dumasi, "mustaqil OAVni sotib olayotgan" oligarxlar va maxsus tuzilmalar ko‘mak bermoqda.
Tashkilotning fikricha, Ramzon Qodirovning matbuotga bosim o‘tkazishdagi asosiy taktikasi uning "o‘ta keskinligi" hisoblanadi. Unga berilgan ta'rifda aytilishicha, u istalgan tanqidni "ezg‘ilab tashlashga" urinadi.
Ushbu ro‘yxatdan MDH davlatlari prezidentlaridan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov ham o‘rin oldi.
Mavzuga oid
23:02 / 25.09.2024
Putin: «Bizga oddiy qurol bilan hujum ham yadro zarbasiga asos bo‘ladi»
19:43 / 25.09.2024
Rossiyalik mulozimlar va The Washington Post tahlilchilari Kremlning yadroviy tahdidlari «endi hech kimni qo‘rqitmaydi» deyishmoqda
23:20 / 23.09.2024
Kreml Putinning yangi yadroviy raketalari sinovi muvaffaqiyatsiz kechganidan bexabar ekanini ma’lum qildi
10:50 / 21.09.2024