Obama butun dunyo taqdiri saylovchilarga bog‘liq ekanligini ta'kidladi

Foto: Reuters
AQSh davlat rahbari Barak Obama mamlakatning taqdiri 8 noyabr kuni fuqarolarning amalga oshiradigan tanloviga bog‘liq ekanligini ta'kidladi. Bu haqida "Interfaks" xabar berdi.
"Respublika taqdiri sizning qo‘lingizda", - dedi Obama. Prezident "butun dunyo" taqdiri Shimoliy Karolina aholisining "to‘g‘ri tanlovi"ga bog‘liq ekanligini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda gap nafaqat Amerika demokratiyasi, balki adolat, qonun ustuvorligi, tartib va taraqqiyot haqida bormoqda.
Barak Obama va AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden saylov oldi poygalarida ishtirok etib, mamlakatning turli hududlaridagi chiqishlarida Hillari Klintonni faol qo‘llab-quvvatlashmoqda.
Obamaning bunday pozitsiyasiga nisbatan AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp o‘z munosabatini bildirgan: "Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlashning o‘rniga o‘z ishlari bilan shug‘ullansa, yaxshi bo‘lardi".
So‘nggi so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Tramp bir qator shtatlarda Klintonni ortda qoldirmoqda. Sobiq birinchi xonimning reytingi xizmat maqsadlarida elektron pochtadan foydalanganligi bilan bog‘liq mojarolar fonida pasayib ketdi. FQB mazkur ish yuzasidan tergovni davom ettirmoqda.
Mavzuga oid

15:25
Tramp uchinchi muddatga saylanmasligini ma’lum qildi

14:15 / 04.05.2025
«Ikki urushni ham biz yutgandik». Tramp amerikaliklarning jahon urushlaridagi g‘alaba kunini nishonlashga qaror qildi

23:59 / 03.05.2025
AQSh Xalqaro kosmik stansiyani moliyalashtirishni qisqartiradi

22:42 / 03.05.2025