Oq uy: Rossiya kiberhujumlar yordamida butun dunyodagi saylovlarga ta'sir o‘tkazmoqchi
Oq uy vakili Erik Shults Rossiya kiberhujumlar yordamida butun dunyodagi saylovlarga ta'sir o‘tkazmoqchi, deb aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Bizning razvedkamiz 2 yoki 3 hafta oldin Rossiya AQShdagi saylovlarga aralashish maqsadida g‘araz niyatli kiberfaoliyatda ishtirok etmoqda, degan xulosa keldi. Bu faoliyat, afsuski, ular uchun yagonagina emas", deb aytdi Shults.
Shultsning aytishicha, AQSh Rossiya tomonidan butun dunyo bo‘ylab saylovlarga shunday aralashishlarga urinishni kuzatmoqda.
Shults AQSh bu borada Rossiyaga qandaydir javob tayyorlayotganini bilish maqsadida berilgan savolga AQShda kiberhududda "eng buyuk mudofaa va hujum imkoniyatlari" mavjudligini aytdi.
Mavzuga oid
00:16
Norvegiya hukumati Rossiya bilan chegaraga panjara qurish haqida o‘ylamoqda
18:57 / 29.09.2024
Rossiyada migratsiya siyosatini kuchaytiradigan beshta qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi
13:31 / 29.09.2024
Putin Rossiyaning yadro doktrinasini o‘zgartirmoqchi. Bu amalda nimani anglatadi?
11:54 / 29.09.2024