Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politsiya keniyalik marafonchilarga rekord o‘rnatishga xalaqit berdi
Lyublyansk marafonida ishtirok etgan keniyalik sportchilar sloveniyalik politsiyachilarning xatosi tufayli yangi rekord o‘rnata olishmadi. Bu haqida "Vecher" gazetasi xabar berdi.
Bu yil Lyublyansk marafonida 59 mamlakatdan 28,5 ming kishi qatnashdi. Marafonda 2610 professional sportchi va yengil atletika ishqibozlari 42 kilometrli Olimpiya masofasini bosib o‘tishga harakat qilishdi. 6 kishidan iborat Keniya terma jamoasi vakillari so‘zsiz musobaqa favoritlari hisoblandi - ular yangi marafon rekordi o‘rnatishni maqsad qilishgandi. Biroq sportchilar 3 nafar yetakchiga avtomobilda hamrohlik qilib, yugurish yo‘nalishini ko‘rsatib turuvchi sloveniyalik politsiya xodimlarining xatosi tufayli bu orzularini amalga oshirishga muvaffaq bo‘lishmadi.
Trassaning 39-kilometrida politsiya xodimlari burilishni adashtirib yuborishdi va rasmiy masofaga kiritilmagan ko‘chaga qayrilishdi. Buning natijasida keniyalik sportchilar ortiqcha 600 metrni bosib o‘tishlariga va marafonni 2 soatu 9 daqiqa hamda 16 soniya ko‘rsatkichi bilan yakunlashlariga to‘g‘ri keldi.
Manbaga ko‘ra, keniyalik sportchilar masofaning har bir kilometriga 3 daqiqadan (yoki har 100 metrga 18 soniyadan) sarflashgan. Hisob-kitoblar qo‘shimcha 600 metrni bosib o‘tish rekord uchun zarur bo‘lgan 108 soniya vaqtni o‘g‘irlaganini ko‘rsatgan.
Marafonda keniyalik Laban Mutay 2 soatu 9 daqiqa va 16 soniya vaqt ko‘rsatkichi bilan g‘alaba qozondi.
Mavzuga oid
17:56 / 16.05.2025
Amerikalik ayol sochiga osilib turgan holda rekord o‘rnatdi
00:16 / 06.05.2025
Maldiv prezidenti matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam
11:56 / 06.02.2025