Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonlik 12 yoshli shaxmatchi qizga Rossiyadan kvartira taqdim etildi
Rossiya sharafini himoya qiluvchi qozog‘istonlik 12 yoshli Bibisora Asauboyevaga Moskva viloyati, Ximki shahri ma'muriyati tomonidan kvartira sovg‘a qilindi. Bu haqida Chess-news.ru nashri ma'lum qildi.
Manbada ta'kidlanishicha, shaxmat tarixida bunaqasi bo‘lgan emas. Katta yoshli jahon chempionlari ukrainalik Anna Ushenina va Mariya Muzichuklar hali-hanuz va'da qilingan kvartirani olishmagan, Rossiyada esa kuchli grossmeysterlarga faqat avtomobil sovg‘a qilishgan.
Asauboyevaning yangi uyida ta'mirlash ishlari o‘tkazilgan. Sportchi unga ajratilgan kvartiraga ko‘chib o‘tgan.
31 oktabrda Bibisora Asauboyeva o‘z faoliyatida beshinchi marta bolalar orasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan. Bu uning uchun Rossiya bayrog‘i ostidagi ilk g‘alabadir. U sentabr oyi boshida Rossiya terma jamoasiga kelib qo‘shilgan.
12 yoshli Bibisora Taraz shahrida tug‘ilgan va bir necha marta shaxmat bo‘yicha mamlakat chempioni bo‘lgan. 7 yoshida unga FIDE ayollar ustasi unvoni berildi - bu esa rekord natija hisoblanadi.
Qozog‘iston shaxmat federatsiyasida sportchining Rossiyaga ketishini qizning o‘zi va Liana Tanjarikovaning (sportchining onasi va murabbiyi) qarori, deya izohlashdi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025