Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya bosh vaziri: Malayziya va Xitoyning Janubiy Xitoy dengizi bo‘yicha fikrlari mos keladi
Malayziya va Xitoyning fikricha, Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy bahslarni tinchlik bilan hal qilsa bo‘ladi. Bunday fikrni jurnalistlarga Malayziya bosh vaziri Najib Razzoq Pekinda Xitoy raisi Si Tszinpin bilan o‘tgan uchrashuv natijalariga yakun yasash vaqtida aytdi.
"Bu bahslar ikki do‘stona va o‘zaro yuqori darajadagi ishonchga ega davlatlar o‘rtasida mavjud ekanligi haqidagi yagona fikrga egamiz. Bu kelishmovchiliklar hal qilinishi mumkin bo‘lmagan birorta sababni ko‘rmayapmiz", deb Razzoq aytgan so‘zlarni keltirdi New Straits Times.
Shu bilan birga Razzoq "hududiy bahslarni hal qilish uchun vaqt talab etilishi, chunki milliy suverenitet masalalari murakkabligi, biroq buning barchasi Janubiy Xitoy dengizidagi va umuman mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka putur yetkazmasligi kerakligini" tan oldi. Razzoqning aytishicha, Malayziyaning bu masaladagi pozitsiyasi "istalgan bahs va kelishmovchiliklarni muloqot va tinch yo‘l bilan hal qilish zarurligidan" iborat.
Ikki davlat o‘rtasidagi hududiy bahslar Parasel orollari (Sisha), Spratli arxipelagiga (Nansha) egalik qilish borasida olib borilmoqda. Bundan tashqari, bu hududlarga egalik qilishga Bruney, Vetnam va Filippin ham bahslashmoqda. Nizoga asosiy sabab Malakka bo‘g‘ozi yaqinidagi hudud ustidan nazorat o‘rnatishga urinishlar bo‘lmoqda. Bu yerdan Xitoy savdosining 60 foizga va Xitoy uglevodorodlar importining 80 foizga yaqini o‘tadi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025