Rossiya HKK vertolyoti Palmirada favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi

Foto: Rossiya mudofaa vazirligi
Rossiya harbiy-koinot kuchlari vertolyoti Suriyaning Palmira shahridan 40 km uzoqlikda favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Vertolyot qo‘ngandan keyin jangarilar tomonidan o‘qqa tutildi. Bu haqda tomonlarni yarashtirish markazida ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Rossiya OAV.
Ma'lum qilinishicha, voqea vertolyot Xama viloyatidagi aholi punktlaridan biriga gumanitar yordam yetkazish bo‘yicha parvozni amalga oshirayotganda yuz bergan. Vertolyot qo‘ngach, uning ekipaji uni tekshira boshlagan. Shu vaqt qo‘nish joyi jangarilar tomondan minomyotdan o‘qqa tutila boshlangan.
"Vertolyot unga aerodromga mustaqil ravishda qaytishga imkon bermaydigan shikastlanish olgan. Mashina ekipaji jabrlanmagan va tezkorlikda qidiruv-qutqaruv vertolyoti bilan Hmaymim aviabazasiga yetkazilgan", deb ma'lum qilindi xabarda.
Mavzuga oid

14:38 / 06.01.2025
NASA Marsni o‘rganishga mo‘ljallangan yangi vertolyotni namoyish etdi

22:27 / 25.12.2024
Mustaqil Qozog‘iston tarixidagi eng yirik aviahalokatlar sanab o‘tildi

21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi

16:57 / 10.12.2024