Jahon | 19:50 / 05.11.2016
23408
2 daqiqa o‘qiladi

Focus nashrida AQShdagi saylovlardan keyin Suriyani nima kutayotgani haqida maqola chop etildi

Foto: RIA

AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlar Xillari Klinton va Donald Tramp Suriyaga nisbatan siyosatni o‘zgartirish haqidagi istaklarini aytish uchun har bir qulay fursatni qo‘ldan chiqarmayaptilar, biroq ularning rejalari u yoki bu holatda haqiqat bilan to‘qnashishiga to‘g‘ri keladi, deb yozmoqda Focus nashri.

Saylovoldi va'dalarga ko‘ra, ikkila nomzod Suriya ixtilofidan nafaqat chetda qolishni istashmayapti, balki unga nisbatan faolroq siyosat yurgazishmoqchi. Klinton parvozlardan xoli hamda "tinch aholini himoyalash" uchun bufer hududlar kiritilishi zarurligini aytmoqda. Tramp esa IShIDga qarshi kurashni kuchaytirmoqchi, deb aytmoqda maqola muallifi.

AQShning keyingi prezidenti kim bo‘lishidan qat'iy nazar, u vaziyatga tubdan ta'sir qila olmaydi. Siyosatchilar Suriyada AQShga Rossiya qarshi turayotganini unutmasliklari lozimligi aytilmoqda. Vashingtonning haddan ziyod faolligi Moskvaning javob ta'sirini keltirib chiqaradi va ochiqcha AQSh-Rossiya qarama-qarshiligini keltirib chiqarishi mumkin.

Bundan tashqari, amerikaliklar qaysi partiyani qo‘llab-quvvatlashlaridan tashqari, urushlardan charchashgan. Mintaqada harbiy mavjudlikning kuchaytirilishi, ayniqsa quruqlikdagi qo‘shinlarning yuborilishi kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuv aholining aksariyat qismi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi. AQSh fuqarolaridan ozchiligi Damashqqa jo‘nab, o‘z hayotini AQShga baxshida qilish istagida yonmoqda va yangi prezident vaziyatni o‘zgartira olishi dargumon, deb xulosa qilmoqda maqola muallifi.    

 

Mavzuga oid