Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qodirov Erdo‘g‘andan jangarilarni ekstraditsiya qilishni iltimos qildi
Turkiyada, Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning bayonot berishicha, Chechenistonda faoliyat yuritgan jangarilarning 3 nafar yetakchisi ushlangan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Maxran Saidov, Aslanbek Vadalov va Tarxan Gaziyev hibsga olingan.
«Ular Chechenistonda faoliyat olib borgan jangarilarning yetakchilari hisoblanadi. Ularning har biri ko‘plab qo‘poruvchiliklar, harbiylar, politsiya hamda fuqarolarni o‘ldirishga oid jinoyatlarni sodir etgani va tashkillashtirganiga oid rad etib bo‘lmas ma'lumotlar bor. Bularning bari berahmlarcha amalga oshirilgan», — deyiladi xabarda.
Qodirov, shuningdek, prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘andan jangarilarni ekstraditsiya qilishni so‘ragan.
«Sizga jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish masalasini ijobiy hal qilish masalasi bilan murojaat qilaman. Bu terrorchilarni sud qilish va qonunda belgilangan tartibda jazoga tortishga imkon bergan bo‘lur edi», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025