Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad: Rossiya Suriyaning ichki ishlariga aralashayotgani yo‘q
Rossiya tomoni Siriyaning ichki ishlariga aralashishga intilmayapti. Bu haqda mamlakatning amaldagi prezidenti Bashar Asad The Sunday Times nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
«Ularda o‘z nuqtai nazarlari bor va ular shunday deyishadi: «Bu sizning mamlakatingiz, sizlar ko‘proq bilasiz».
Ular hech qachon ichki ishlarimizga aralashish niyatida bo‘lishmagan, chunki ular bizdan hech narsa kutishmaydi. Ular bizdan qo‘g‘irchoq prezident bo‘lishni so‘ramadi. Ular bilishadiki, Suriya terrorizm bilan kurashda yengilayozmoqda, bu terrorizm Yevropaga tarqalmoqda, bu esa Rossiya hamda dunyoning boshqa istalgan davlatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi», — degan u.
Asad rossiyalik harbiylar Suriya hududida 60 yildan buyon bo‘lganini ta'kidlagan va Rossiyaning Suriyada bo‘lishi «ham axloqan, ham xalqaro huquq jihatidan» asoslidir.
U G‘arb Yaqin Sharqda ta'sirini yo‘qotayotganini aytgan.
"Avval odamlar Suriya prezidentining kuni bitdi deya boshlagandi. Hozir vaziyat boshqacha. G‘arb bu mintaqadagi mavqeini yo‘qota bormoqda. Ularda odamlarga bu voqealarni izohlash uchun dalillar yo‘q", — degan Asad.
Bundan oldinroq, Asad Rossiya va AQSh hozircha terrorizmga qarshi kurashda ittifoqchi bo‘la olmagani haqida aytgandi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025