Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Manchester Yunayted" "Suonsi"ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozondi va omadsiz seriyasiga chek qo‘ydi
Angliya Premer-ligasining 11-turida "Suonsi" jamoasi o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ga qarshi maydonga tushdi. Joze Mourino shogirdlari uchrashuvni juda yaxshi boshlashdi va 15-daqiqada Pol Pogbaning aniq zarbasidan keyin hisobni ochdi. Oradan biroz vaqt o‘tib esa Zlatan Ibrahimovich katta sahnaga chiqdi. U birin-ketin "oqqushlar" darvozasini ishg‘ol qildi. Bunga esa ikkinchi taymda "Suonsi" a'zosi bir bor javob qaytardi. Shunday qilib, Mourino shogirdlari 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Natijada, "Manchester Yunayted" ketma-ket to‘rt o‘yindagi g‘alabasiz seriyasiga barham berdi.
Suonsi – Manchester Yunayted 1:3 (0:3)
Gollar: 0:1 – 15 Pogba, 0:2 – 21 Ibrahimovich, 0:3 – 33 Ibrahimovich, 1:3 – 69 van der Xorn.
Suonsi – Fabianski, van der Xorn, Kingsli, Ranxel, Mouson, Rautledj (Barrou, 46), Britton (Fer, 70), Ki Son Yen, Sigurdsson, Baston, Lorente (Montero, 46).
Manchester Yunayted – De Xea, Djons, Roxo, Darmian, Mata (Lingard, 81), Pogba, Fellayni, Kerrik, Yang, Runi (Shnayderlin, 89), Ibrahimovich.
Ogohlantirishlar: Ibrahimovich (76), Mata (80).
Manba: tribuna.uz
Mavzuga oid
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?
18:52 / 01.05.2025
«To‘rt og‘ayni botirlar». Yevropa ligasi yarimfinallari oldidan
11:41 / 18.04.2025