Sport | 11:31 / 06.11.2016
7884
1 daqiqa o‘qiladi

«Sevilya» murabbiyi: 2ta «Oltin to‘p» bo‘lishi kerak - biri Messi uchun va boshqalar uchun yana bitta

Foto: Marca

«Sevilya» jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli Ispaniya chempionatining 11-turida «Barselona»ga qarshi 6 noyabr kuni kechadigan uchrashuv oldidan kataloniyaliklarning yetakchisi Lionel Messi haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi. 

«Men o‘ylaymanki, 2ta  «Oltin to‘p» bo‘lishi kerak: biri Messi uchun, ikkinchisi qolgan futbolchilar uchun. «Barselona» – dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri, agar eng yaxshisi bo‘lmasa. Hozir ular avvalgidek faqat to‘pga egalik qilishni ko‘zlamaydilar. Endi ular uslubni o‘zgartirib, vertikal o‘ynayshni boshlagan, bu uslubdan maqsad – to‘pni hujum triosiga yetkazib berish. Bizni juda qiyin o‘yin kutib turganini bilamiz. Agar to‘g‘ri o‘ynamasak, yutqazamiz», — deya Sampaolining so‘zlarini keltirgan Marca nashri.

Mavzuga oid