Jamiyat | 10:51 / 07.11.2016
12918
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh elchixonasi Abdulla Oripov vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi
O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi Abdulla Oripov vafoti munosabati bilan ta'ziya izhor etdi. Hamdardlik mazmunidagi xabar elchixonaning Facebook‘dagi sahifasiga 3 tilda yozilgan.
«AQSh elchixonasi taniqli shoir, O‘zbekiston qahramoni, o‘zbek adabiyoti rivojiga katta hissa qo‘shgan adib Abdulla Oripov vafoti munosabati bilan uning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etadi. Oxiratingiz obod bo‘lsin!» — deyiladi ta'ziyanomada.
Abdulla Oripov 5 noyabr kuni Texas shtatining Hyuston shahridagi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Marhum shoir 3 noyabr kuni kechqurun koma holatiga tushib qolgandi.
Mavzuga oid
22:31 / 13.04.2024
Sobiq bosh vazir o‘rinbosari, jurnalist Erkin Samandar vafot etdi
22:01 / 04.04.2024
Bolalar shoiri va yozuvchisi Raim Farhodiy vafot etdi
14:16 / 14.06.2023
Nuz.uz nashri moliyaviy direktori Xayrulla Qosimov vafot etdi
16:31 / 12.10.2022