Jamiyat | 21:05 / 07.11.2016
6893
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikacha ish: Talaba 1 tviti uchun ishlab chiqaruvchidan 6,5 mingta KitKat shokoladi oldi

Oktyabr oyi oxirida amerikalik talaba Hunter Jobbins o‘z tvitterida g‘ayrioddiy voqea haqida yozdi. U o‘z mashinasida qoldirib ketilgan yozuv suratini namoyish qildi. Qog‘ozda boshqa bir talaba uning ochiq mashinasidagi KitKat shokoladini o‘g‘irlab, yeb qo‘yganiga iqror bo‘lgandi. Bir haftada bu tvit 184 ming marta retvit qilindi.

AQShdagi bunday shirinliklarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Hershey kompaniyasi bu tvitga e'tibor qaratdi va kompaniyaning tvitterdagi akkaunti talabaga bog‘landi. Akkauntda bu shokolad o‘rniga boshqa shokolad berish va'da qilindi.

Lekin ushbu yigitga o‘g‘irlangan 1 shokolad o‘rniga 6,5 mingta shokolad yuborildi. Talaba esa tvitteriga bu sovg‘a ortilgan mashinada tushgan suratini joylashtirdi.

Tvitterdagilarning ba'zilari bu tarixni KitKat reklama virusi sifatida talqin etdi. Ammo yigit bu ayblovni rad etib, shokoladlarni do‘stlari va kampusdagi boshqa talabalarga tarqatgani haqida ma'lum qildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid