Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda kurash bo‘yicha VIII jahon chempionati bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 10-14 noyabr kunlari Hindistonning Kerala shtati Kochchi shahrida Kurash bo‘yicha yoshlar o‘rtasida VIII jahon chempionati va Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasining XVI Kongresi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda IKA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hindiston Respublikasi hukumati, sport va turizm vazirligi, Milliy Olimpiya qumitasi, Osiyo Kurash Konfederatsiyasi va Hindiston Kurash federatsiyalari tashabbusi bilan tashkil etilayotgan mazkur chempionatda dunyoning 45ta mamlakatidan 300 dan oshiq yosh polvon gilamga tushadi.
Musobaqalar va tantanali ochilish marosimi 13-14 noyabr kunlari Rajiv Gandi nomidagi Markaziy o‘yingohda 14 vazn toyifasida o‘g‘il bolalar: 60, 66, 73, 81, 90, 100 va +100 kg qizlar: 48, 52, 57, 63, 70, 78, 87 i + 87 kg.larda bo‘lib o‘tadi.
11-12 noyabr kunlari esa Dunyo Kurash oilasining muhim tadbirlaridan biri IKA ijroqum yig‘ilishi va Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasining XVI Kongresi VVIP mehmonxonasi konferensiyalar zalida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Kongressda Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasining Qit'aviy Konfederatsiyalar Prezidentlari hisobotlari, 2017-2018 yilgi musobaqalar taqvim rejasi, Turkmaniston va Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlaridagi ishtirok, Xalqaro Kurash Institutini rivojlantirish va yangi federatsiyalarni a'zolikka qabul qilish masalalari muhokama etiladi.
Kurash bo‘yicha yoshlar o‘rtasida VIII-Jahon chempionatida Elmurod Soatov va Olim Ravshanov murabbiyligi ostida 14 nafar O‘zbekiston terma jamoasi kurashchisi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
19:02 / 22.05.2025