Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda Ravon avtomobillari yig‘iladi
Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Askar Mamin 7 noyabrda Qozog‘istondagi bir necha ishlab chiqarish obektlariga tashrif buyurdi. Jumladan, u "SariArkaAvtoprom" korxonasida ham bo‘ldi.
Maminga Ravon brendi ostida ishlab chiqariluvchi yangi "Neksiya" avtomobili namoyish qilindi. Bu mashina Qo‘stanayda o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda yig‘ilmoqchi.
"Bu mashina Qozog‘istondagi eng arzon mashina bo‘ladi. Uning narxi 2,6 mln tangani tashkil qiladi, undan arzonrog‘i shunchaki yo‘q", deb aytgan "Allur Auto" kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Andrey Lavrentev.
Lavrentevning aytishicha, mashina yirik uzelli usulda yig‘iladi: mashina komplektlari O‘zbekistondan keltiriladi, mahalliylashtirish 30 foizgachani tashkil qiladi. Kelajakda mashina kichik uzelli metodda yig‘ilishi boshlanadi hamda mahalliylashtirish 50 foizga va undan ko‘proqqacha yetkaziladi.
"Bu avtomobil sinovlardan o‘tgan va Yevro-6 standartlariga javob beruvchi sertifikat oladi", deb ma'lum qildi Lavrentev.
Mamin Ravon avtomobili ruliga o‘tirib ko‘rdi. Bu rusumdagi birinchi avtomobil ishlab chiqarilishining sanasi hozircha belgilanmagan, biroq zavodda ta'kidlanishicha, o‘zaro ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun bir necha hujjatlarni imzolashgina qolgan.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025