Jahon | 10:31 / 08.11.2016
18760
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyaning Fukuoka shahridagi yo‘l o‘pirilib tushdi

Yaponiyaning Fukuoka shahridagi «Xakata» temiryo‘l bekati yaqinidan o‘tgan yo‘lning 14 metrlik qismi o‘pirildi va ulkan o‘ra hosil bo‘ldi. Bu esa ushbu yo‘l olib boradigan aeroport faoliyatiga ham ta'sir ko‘rsatdi. 

NHK agentligining politsiyaga asoslanib xabar berishicha, ushbu yo‘l ostidan metropoliten yo‘nalishini uzaytirish bo‘yicha ish olib borilayotgandi. Natijada tonnel suvga to‘la boshlagan va ish to‘xtagan. Ayni vaqtda yo‘l ustida hosil bo‘lgan o‘rada ham suv to‘plangan.

Qayd etilishicha, o‘pirilish oqibatida yaqin hududdagi uylar va yaqinda joylashgan aeroport elektr tokidan uzilgan. 

Bu favqulodda vaziyat ro‘y bergan tumanda is gazini sezishgan, lekin shu vaqtgacha jabrlanganlar haqida ma'lumot kelib tushmagan.

Hodisa yaqinidagi uylardan kishilarni evakuatsiya qilishgan va boshqa hududlarda ham o‘pirilish hodisasi kuzatilishi ehtimolidan ogohlantirishgan.

Mavzuga oid