Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinalik sobiq tennischi ralli vaqtida avtofalokatga uchradi
Jahon tennisining sobiq uchinchi raqamli tennischisi, argentinalik David Nalbandyan Argentina rallisida avtofalokatga uchradi. Ushbu holat tasvirlangan video Ney10 taxallusli foydalanuvchining tvitterdagi akkauntida chop etildi.
Argentinalik boshqarayotgan avtomobil trassa qismlaridan birida do‘nglikdan o‘tayotganda uchib ketib, to‘ntarilib ketgan. Tennischi jiddiy jarohat olmagan.
Nalbandyan tennischilik faoliyatini 2013 yilda yakunlagandan so‘ng motosport bilan shug‘ullanishni boshlagan. U 2014 yilda ralli poygalarida ishtirok etishni boshlagan.
Mavzuga oid
23:10 / 20.02.2025
Zelimxon Haydarov Tennis federatsiyasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
17:50 / 17.02.2025
Botir Rahimov tennis federatsiyasiga rais bo‘ldi
16:46 / 26.01.2025
Yannik Sinner yana Australian Open g‘olibi bo‘ldi
21:36 / 07.08.2024