Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hillari Klinton muhim shtatlardan Kaliforniya va Koloradoda ustunlik qilmoqda
AQSh prezidentligi uchun saylovlarda Demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klinton Kaliforniya va Kolorado shtatlaridagi ovoz berish natijalarida yetakchilik qilmoqda, deb xabar qilmoqda NBC News.
Ta'kidlanishicha, Klinton ushbu shtatlarning har ikkisida ham g‘alaba qozonmoqda. Sobiq davlat kotibi Kaliforniya saylovchilarining 60 foizdan ortig‘ining ishonchiga sazovor bo‘lmoqda. Respublikachilar nomzodi Donald Tramp 34 foiz ovoz to‘play olgan.
Klinton xonim Kolorado shtatida ham yetakchilik qilmoqda. Biroq bu yerda uning raqibi bilan orasidagi farq unchalik katta emas, 48 foizga qarshi Trampda 44 foiz.
Avvalroq, Tramp Florida shtatida g‘alaba qozongani va yetakchiligini mustahkamlab qolgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025