Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan jahon chempionatida to‘liq tarkibda qatnashadi
17−26 noyabr kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida V jahon chempionati (AIBA Youth World Boxing Championships) bo‘lib o‘tadi. Bu haqda sport tadbiri tashkilotchisining rasmiy saytida ma'lum qilingan.
“Bo‘lajak chempionlar shu yerda tug‘iladi” shiori ostida kechadigan musobaqada 75 davlatdan 417 nafar sportchi qatnashadi. Bular orasida Yevropadan 33 ta, Osiyodan 20 ta, Shimoliy va Janubiy Amerikadan 11 ta, Afrikadan 9 ta va Okeaniyadan 2 ta davlat bokschilari bahslar uchun ringga ko‘tarilishadi. 10 ta davlat 10 ta vazn toifasi bo‘yicha o‘z bokschilarini ma'lum qildi.
O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqaga to‘liq tarkibi bilan boradi: Nurjan Serikov (49 kg.gacha), Otabek Xolmatov (52 kg.gacha), Shunqor Abdurasulov (56 kg.gacha), Bilolbek Mirzarahimov (60 kg.gacha), Abu Nuranov ( 64 kg.gacha), Ulug‘bek Sobirov (69 kg.gacha), Shohruzbek Rustamov (75 kg.gacha), Sanjar Tursunov (81 kg.gacha), Shohruz Rahimov (91 kg.gacha), Abdulla Xudorganov (+91 kg).
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
08:40 / 13.05.2025