Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hyundai Creta krossoveridan pikap yasadi
Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi Creta STC deb nomlagan kontseptual pikapini namoyish etdi. Koreya respublikasida ishlab chiqilgan prototipni Braziliyaning San-Paulu shahrida bo‘lib o‘tayotgan avtoko‘rgazmada taqdim etishgan.
Creta STC (Sport Truck Concept) kontsept karining gabarit o‘lchamlari 4,68x1,85x1,63 metrdir. Uning g‘ildiraklar bazasi 2,8 metrni tashkil etadi. Shu bilan, pikap o‘ziga asos bo‘lgan Creta krossoveridan 41 santimetrga uzunroq, 70 mmga enliroqdir. Ularning o‘qlari o‘rtasidagi farq 210 mmdir.
Hyundai Creta STC yuk platformasi uzunligi 1,3 metrni, eni 1,29 metrni, bortlari balandligi 51 smga teng. Yukxonaga 850 litr hajmdagi yukni ortish mumkin.
Creta yo‘ltanlamasining pikap namunasi seriyali ishlab chiqarilishiga oid ma'lumot mavjud emas. Prototipning ishlab chiqarishga tayyor kontsepti Renault Duster Oroch va Fiat Toro bilan xaridorlar uchun kurashishi mumkin edi.
Mavzuga oid
19:54 / 24.01.2025
Toshkentda yana bir avtosalon egasi qamoqqa olindi
22:59 / 09.01.2025
Hyundai kompaniyasi 2025 yilda Janubiy Koreya iqtisodiyotiga 16,7 mlrd dollar sarmoya kiritadi
20:20 / 24.11.2024
Hyundai 42 mingdan ortiq avtomobilini chaqirib oladi
08:20 / 07.09.2024