Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IUT talabasi “DaVinci Solutions” kompaniyasi grantini yutib oldi
“DaVinci Solutions” konsalting butigi Toshkent shahridagi Inha Universitetining talabasiga grant topshirdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.
2016 yilning sentabr oyida “DaVinci Solutions” kompaniyasi Toshkent shahridagi Inha Universiteti (IUT)ning bir nafar talabasiga grant topshirishi to‘g‘risida ma'lum qilgandi. Grant talablariga ko‘ra, IUT talabalari “DaVinci Solutions” kompaniyasiga hujjatlar topshirishlari kerak edi.
Kompaniya vakillari eng zo‘r nomzodlarni tanlab olishdi va ular bilan intervyu o‘tkazishdi. Yakuniy bosqichda 4 nafar finalchi bilimlari va qo‘nikmalari tekshiruvdan o‘tkazildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, IUT ning 3-bosqich talabasi Aziz Siyayev “DaVinci Solutions” kompaniyasining grantini qo‘lga kiritdi.
2016 yilning 9 noyabr kuni “DaVinci Solutions” kompaniyasining boshqaruvchi hamkori Hilola Suleymanova Aziz Siyayevga grantni olish uchun sertifikat topshirdi.
Mazkur tadbir doirasida “DreamJob School” loyihasi qatnashchilarini ham taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
09:40 / 16.04.2025
AQSh O‘zbekistonga ajratiladigan grantni bekor qildi
16:57 / 14.04.2025
Islom taraqqiyot banki O‘zbekiston ta’lim tizimiga 40 million dollar grant ajratadi
14:25 / 31.03.2025
“Qat’iy nazoratga olamiz” – vazirlik grantlarni qayta taqsimlash jarayoni adolatli o‘tishini bildirdi
13:34 / 19.03.2025